Roskomnadzor Rossiyada Viber messenjeri bloklangani haqida xabar berdi. Agentlik buni “Rossiya qonunchiligining messenjerdan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalanish, ularni sodir etishga jalb qilish, giyohvand moddalarni sotish tahdidlarining oldini olish uchun zarur bo‘lgan axborotni tarqatish tashkilotchilariga qo‘yiladigan talablarni buzish, shuningdek, noqonuniy ma’lumotlarni joylashtirish", bilan asosladi.
Viber messenjeri Yaponiyaning Rakuten kompaniyasiga tegishli. Mediascope ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya aholisining o‘rtacha 26 foizi ushbu messenjerdan foydalanadi.