200 nafar rossiyalik mutaxassislar ushbu hafta ichida Erondan olib chiqladi. Shundan so‘ng stansiyada 50 nafar ko‘ngillilar qoladi. Ular qurilish texnikasi va kommunal inshootlari ishlashini ta’minlaydi.
"Biz stansiyani butunlay tark etmaymiz, lekin faqat ko‘ngillilar qoladi, xususan, xavfsizlik bo‘linmamizdagi yigitlar", - dedi “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev.
Rossiya va MAGATE ogohlantirishiga qaramasdan, AQSh va Isroil hujumlari vaqtida zarbalar bir necha marotaba "Busher" AESiga juda yaqin hududlarga berilgan.