Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Ronalduning ikki talabi bajarildi

Ronalduning ikki talabi bajarildi

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Portugaliyalik futbolchi dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi «Al-Fateh»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.

«A Bola» nashrining xabar berishicha, «An-Nasr» rahbariyati portugaliyalik yulduz tomonidan bo‘lgan bosim ostida uning ikkita talabini bajardi. Birinchidan, so‘nggi soatlar ichida Ar-Riyod klubi xodimlar oldidagi barcha qarzdorliklarni yopdi. Ikkinchidan, Ronalduga yaqin bo‘lgan sport blokidagi shaxslar — Joze Semedu va Simau Kontinyo o‘z vakolatlariga qaytarildi. Avvalroq ushbu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasi vaqtida muhim qarorlar qabul qilish huquqidan mahrum etilgan edi.

Hozirda «An-Nasr» Pro-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 23:55 09.02.2026. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!