Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Ronalduning gollari soni 915 taga yetdi

A A A
Ronalduning gollari soni 915 taga yetdi

Bugun "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Damak" darvozasiga ikkita gol urdi. Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turi doirasida jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida portugaliyalik hujumchi sherigidan ajoyib uzatma qabul qilib olib, raqiblar darvozasiga yetti-sakkiz metrdan aniq zarba berdi.

Ronaldu bugungi uchrashuvda o‘zining birinchi golini 11 metrlik zarbadan kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvdagi ikkinchi gol Ronaldu uchun faoliyatidagi 915-gol bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchiga 1000 ta gol urish uchun 85 ta gol bor.

Kiritildi: 22:31 29.11.2024. O'qildi: 1367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!