“Manchester Evening News” nashrining yozishicha, “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”dan ketish borasida qat’iy qarorga kelgan. U “qirollik klubi” bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik charm to‘p ustasi faoliyatini AQSh yoki Xitoyda davom ettirmoqchi emas. U futbol rivojlangan mamlakatlarda to‘p surmoqchi. Shu bois Ronalduning oldida uchta variant bor: Angliya, Italiya yoki Fransiya. Krishtianu ana shu uchta variantdan birini tanlayapti.
O‘z navbatida Angliyada “Manchester Yunayted”, Italiyada “Yuventus”, Fransiyada esa “PSJ” klubi Ronalduga jiddiy qiziqish bildirgan.