Portugaliya terma jamoasi kelayotgan yozda AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.
"The Touchline" nashriga ma’lum bo‘lishicha, Portugaliya futbol federasiyasi jamoa oldiga katta vazifa qo‘ygan — Jahon chempionatida kamida finaliga chiqish. Terma jamoaning bundan ertaroq bosqichda turnirni tark etishi muvaffaqiyatsizlik deb baholanadi.
Federasiya Portugaliyaning JCH-2026da g‘olib chiqishga qodirligiga to‘liq ishonmoqda. Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu jamoa sardori, Roberto Martines esa bosh murabbiy hisoblanadi.
Portugaliya terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi 1966 yilgi uchinchi o‘rin bo‘lib qolmoqda.