Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu va Jezush: mojaro bartaraf etildi

Ronaldu va Jezush: mojaro bartaraf etildi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoaning 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan yuzaga kelgan kelishmovchilikni hal qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Millatlar ligasining Norvegiyaga qarshi 2-tur uchrashuvida (2:1) Portugaliya terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritilmagan edi. Bundan tashqari, hujumchi butun o‘yinni zaxirada o‘tkazdi. Shundan so‘ng Ronaldu jamoa mashg‘ulotini boykot qildi.

Biroq Observador ma’lumotiga ko‘ra, Jezush Ronaldu bilan suhbat o‘tkazgan va tomonlar barcha masalalarni hal qilgan. Futbolchi va murabbiy keyingi uchrashuvlarga e’tibor qaratishga qaror qilgan, ammo Jezush Ronalduga asosiy tarkibdan joy kafolatlamagan.

1 oktyabr kuni Portugaliya safarda Daniyaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:14 30.09.2026. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!