Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Ronaldu nima uchun "Man Siti"ni emas, "MYu"ni tanlagani ma’lum bo‘ldi

A A A
Ronaldu nima uchun "Man Siti"ni emas, "MYu"ni tanlagani ma’lum bo‘ldi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu nima uchun 2021 yilda "Manchester Siti"ga emas, "Manchester Yunayted"ga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

EL MUNDO nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Ronalduning o‘tishiga e’tiroz bildirmagan. Biroq “Siti” portugaliyalikni ikki hujumchi tark etgan taqdirdagina sotib olishga tayyor edi.

O‘sha yozda Serxio Aguero "Barselona"ga o‘tdi. Uning ortidan Raxim Sterling ham deyarli “ko‘k-anorranglilar”ga qo‘shilishi kerak edi, biroq tomonlar angliyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelisha olishmadi, bu esa Ronaldu uchun kelishuvning barbod bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Portugaliyalik hujumchining o‘zi "Manchester Yunayted"ga o‘tib, "qizil iblislar"ning afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyuson uni "Siti"ga o‘tishdan qaytarganini aytdi.

2022 yil oxirida Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qildi va Saudiyaning "An-Nasr" klubiga o‘tdi.

Kiritildi: 16:49 25.01.2023. O'qildi: 2928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!