Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu «MYu»ni tark etmoqchi emas

A A A
Ronaldu «MYu»ni tark etmoqchi emas

Krishtianu Ronaldu ushbu mavsumda «Manchester Yunayted»ni tark etish niyatida emas.

Avvalroq portugaliyalik hujumchi yangi bosh murabbiy Erik ten Hagning uslubiga to‘g‘ri kelmagani uchun jamoani tark etishi mumkinligi va unga «Roma» da’vogarligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Ammo Sport Witness nashrining yozishicha, hozirda Ronalduning «MYu»ni tark etishi uchun hech qanday salbiy sabab yo‘q, u klubda qoladi.

Manchesterlik jurnalist Jonatan Shrager ham Ronaldu «Yunayted»da yana kamida bir mavsum o‘tkazishni rejalashtirayotgani va ketishni istamasligini qayd etdi.

Kiritildi: 10:47 18.06.2022. O'qildi: 2788 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!