«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z professional faoliyatidagi ketma-ket 25-mavsumda ham gol urishga erishdi.
Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Al-Riyod»ga qarshi o‘yinda (4:0) 41 yoshli portugaliyalik to‘purar raqib darvozasini aniq nishonga oldi.
Ronaldu 2002/03 yilgi mavsumda Lissabonning «Sporting» klubi safidagi debyutidan beri har bir mavsumda kamida bittadan gol urib kelmoqda.