Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa manfaati talab etsa, Krishtianu Ronalduni zaxirada qoldirishga tayyor ekanini bildirdi.
"Bu mening ishimning bir qismi. Men bu lavozimda uch yildan beri ishlayapman. Eng muhimi — jamoa g‘alaba qozonishi, raqibdan kuchli bo‘lishi. Bu mening va shtabimning mas’uliyati. Qiyin qarorlar qabul qilish — ishimizning ajralmas qismi", — dedi Martines ESPNga.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 226 ta o‘yin o‘tkazgan. Ushbu bahslarda yulduz hujumchi 143 ta gol urgan va sheriklariga 46 ta golli uzatma bergan.
Yozda Portugaliya milliy terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi.