Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ronaldu “Instagram”da 200 mln obunachiga ega bo‘lgan ilk shaxsga aylandi

Ronaldu “Instagram”da 200 mln obunachiga ega bo‘lgan ilk shaxsga aylandi

«Yuventus» hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Instagram" ijtimoiy tarmog‘ida 200 million obunachiga ega bo‘lgan ilk shaxs sifatida tarixga kirdi.

Ronaldudan keyingi o‘rinda qo‘shiqchi Ariana Grande bormoqda. Uning obunachilari soni 173 million kishini tashkil etadi. Uchinchi pog‘onadan esa 170 million obunachiga ega aktyor Dueyn Jonson o‘rin olgan.

Ronaldu 2018 yil oktyabridan beri “Instagram”da eng ko‘p obunachiga ega bo‘lib kelmoqda. U o‘shanda qo‘shiqchi Selena Gomesni ortda qoldirgandi.

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi esa 141 million obunachi bilan reytingning 8-pog‘onasidan joy olib turibdi.

Kiritildi: 19:05 30.01.2020. O'qildi: 1562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!