Futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan kelishuvga yaqin turibdi.
"Al Nassr" klubi jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu kelishuvga ko‘ra Ronaldu 183 mln yevro maosh oladi hamda klubning 5% aksiyasiga ega chiqadi. Saudiyaliklar shu tariqa Ronaldu bilan hamkorlikdan mamnun ekanliklarini ko‘rsatmoqchilar.
Ushbu mavsumda Ronaldu "Al Nassr" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va ikkita assist qayd etdi.