Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rohinja musulmonlariga dron hujumi uyushtirildi

A A A
 Rohinja musulmonlariga dron hujumi uyushtirildi

Dushanba kuni dron hujumlari oqibatida Bangladesh chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘nlab Rohinja musulmonlari halok bo‘ldi. To‘rt guvoh, faol va diplomat Reuters agentligiga dronlar chegarani kesib o‘tishni kutayotgan oilalarga hujum qilganini aytdi.

Halok bo‘lganlar orasida homilador ayol va uning ikki yashar qizi ham bor. Bu oxirgi haftalarda xunta qo‘shinlari va isyonchilar o‘rtasidagi janglar davomida Rakxayn shtatida tinch aholiga qilingan eng qonli hujumdir.

Guvohlardan biri, 35 yoshli Muhammad Eleyasning aytishicha, uning homilador xotini va ikki yoshli qizi hujumda yaralangan va keyinroq vafot etgan. Eleyas Bangladeshdagi qochqinlar lageridan so‘zlariga ko‘ra, dronlar olomonga hujum qila boshlaganda, u sohilda ularning yonida edi.

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi qochqinlar o‘limi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Bu hodisa Myanmada davom etayotgan mojaroning bir qismi bo‘lib, u yerda asosan musulmon ozchilik bo‘lgan rohinjalar ta’qib qilinmoqda. 2017 yildan beri 730 mingdan ortiq rohinjalar harbiy bosimlar tufayli surgunga majbur bo‘ldi.

Kiritildi: 21:54 11.08.2024. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!