Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Robert Levandovski faoliyatini yakunlashi mumkin

Robert Levandovski faoliyatini yakunlashi mumkin

"Barselona" jamoasining polshalik hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatining joriy mavsumi yakunlangach, faoliyatini tugatishi mumkin. Bu haqdagi ma’lumot bilan "The Touchline" nashri bo‘lishmoqda.

Bundan oldinroq, "ko‘k-anorranglilar" muddati tugayotgan shartnomani futbolchi bilan uzaytirishni rejalashtirmayotgani haqida xabar berilgan edi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi shu yozdayoq faoliyatiga nuqta qo‘yish fikriga tobora ko‘proq moyil bo‘lmoqda. Uning oilasi Barselonada o‘zini juda qulay his qilmoqda va boshqa mamlakatda, masalan, Saudiya Arabistonida yangi hayot boshlashdan manfaatdor emas.

Joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 13 bor ishg‘ol qildi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 19:27. O'qildi: 199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!