Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rivaldo barcha davrning eng kuchli futbolchisi haqidagi savolga javob berdi

Rivaldo barcha davrning eng kuchli futbolchisi haqidagi savolga javob berdi

“Bunyodkor” sobiq futbolchisi Rivaldo Pele va Lionel Messini futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilar deb atadi.

“Messi barcha davrlarning eng zo‘r o‘yinchisimi? Ha, Messi yoki Pele. Men Pelening o‘yinlarini ko‘rmaganman, faqat videolarini tomosha qilganman. Pele braziliyalik va u 3 karra jahon chempioni. Ammo Messi unga o‘xshaydi. Leo o‘z oldiga jahon chempionligini qo‘lga kiritishni maqsad qilib qo‘ygan edi va buni uddaladi.

Umid qilamanki, u futbol o‘ynashda davom etadi, shunda biz uning harakatlaridan zavqlanaveramiz. Chunki bu Messi!“, — deb fikr bildirdi “Oltin to‘p” sohibi.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!