Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Rishtonning uchta mahallasi ustini har kuni badbo‘y qora tutun qoplaydi

Rishtonning uchta mahallasi ustini har kuni badbo‘y qora tutun qoplaydi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi Yangi hayot mahallasida g‘isht zavod qurilgan. Zavodning devori aholi yashash xonadonlariga ulanib ketgan. Zavod bo‘lgandan keyin tutuni bo‘ladi, shovqini bo‘ladi, albatta. G‘isht kuydiradigan ko‘mirning isi mahallalardagi yuz chog‘li oilaning hovlisiga urib beradi. Mahalliy aholining aytishicha, hovlilarining ichi qurumga to‘lib ketgan. Rasmlarni ko‘rib siz ham bunga amin bo‘lasiz.

Uch farzandli Dilorom opa zavod bilan devor darmiyon qo‘shni. Uning uyi ham zavod isidan bebahra qolmagan, aniqrog‘i tutunu qurumning eng barakalisi uning uyiga yopiriladi. Zavod faqat tutuni bilan aholini bezovta qilgani yetmaganday, kechasi quvurlarni tozalash uchun taraqlatib uyquni buzadi. Shamol kelsa tuproqni mahallalarga ko‘tarib uradi.

Aholi norozilik bildirib turli idoralarga borishgan, biroq hech bir idora yordam bergani yo‘q. Na ekologiya, na hokimiyat va na prokuratura zavod yaqinidagi aholi arziga quloq soldi. Rasmiylar tadbirkorga xalaqit berib bo‘lmaydi , deyish bilan cheklanmoqda.

Aytishlaricha, zavod rahbari xumdonlar mo‘risiga filtr o‘rnatishni xayoliga keltirgani yo‘q. Men tadbirkorman, davlat men tomonda , deb barchasiga nuqta qo‘yishga urinadi. Zavod tutuni, qurumi, tuprog‘i va shovqinidan aziyat chekayotganlarga biror-bir kompensasiya to‘lash haqida o‘ylab ham ko‘rishgani yo‘q.

Bu xususda qonunchilik nima deydi? O‘zbekiston Respublikasining Ekologik nazorat to‘g‘risida gi Qonunining 48-moddasini ochib qarasak, Atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan ob’ektlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish, tugatish va o‘zgartirish; Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa ob’ektlarning inson salomatligiga yoki yashash sharoitiga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’sir etgan yoki bunday ta’sir etish xavfi tug‘ilgan taqdirda ularning faoliyati cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi, zararli ta’sir etish sabablarini bartaraf etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda esa tugatilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin , deb yozilganini ko‘ramiz.

Bizning bu yerda bor-yo‘qligimiz bilan kimnidir ishi bo‘ladimi? deb savol qo‘yadi tutun ichida qolgan rishtonliklar.

Biz Rishtonlik mutasaddilarning bu ko‘ngilsiz holatga chek qo‘yishlarini kutib qolamiz.

Kiritildi: 11:11 09.04.2019. O'qildi: 1506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!