Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Rishtonda 3,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi aniqlandi

Rishtonda 3,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Rishton tumanida faoliyat yurituvchi “F.M.” MCHJning mas’ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasiga o‘rnatilgan kompressor agregatlarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 2,7 mln kVt. soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:18 15.05.2024. O'qildi: 1440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!