Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rim papasi xavotirda «Kuchuklar va mushuklar farzandning o‘rnini egallayapti»

Rim papasi xavotirda «Kuchuklar va mushuklar farzandning o‘rnini egallayapti»

Rim papasi Fransisk farzandli bo‘lish o‘rniga uyda hayvon boqadiganlarni tanqid qildi. Bi-bi-sining xabar berishicha, papa ota-ona bo‘lishni istamaslik insoniylikdan uzoqlashtirishini ta’kidlagan.

«Tamaddunlar shu tariqa keksaymoqda va insoniylikdan mahrum qolmoqda, chunki otalik va onalik bilan keladigan boylik yo‘q bo‘lmoqda», – dedi u chorshanba kuni Vatinkanda.

Fransiskning aytishicha, insonlar farzandli bo‘lishni istamayapti yoki faqatgina bitta farzand ko‘ryapti, bu esa xudbinlikning bir turidir.

«Juda ko‘plab juftlar farzand ko‘rishni istamaydi yoki faqatgina bitta farzandli bo‘ladi, lekin ikkitalab kuchuk, ikkitalab mushuk olishadi. Kuchuklar va mushuklar bolalarning o‘rnini egallayapti», – dedi katoliklar yetakchisi.

Shuningdek, papa biologik sabablarga ko‘ra farzandli bo‘la olmayotgan juftlarga bola asrab olishni maslahat berdi.

Avvalroq Fransisk juftlarning farzandli bo‘lishni istamasligini fojia deb atagan va tug‘ilishning kamayishi “demografik qish”ga sabab bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 20:15 13.01.2022. O'qildi: 3216 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!