Rim papasi Fransisk "qurol savdogarlari Ukraina mojarosidan manfaatdor" degan fikrni bildirdi.
“Menimcha, bu urush nafaqat Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muammoga, balki qurol-yarog‘ sotishga ham tegishli. Iqtisodchilar menga bugungi kunda eng katta daromad "o‘lim fabrikalariga" investisiyalardan kelishini aytishdi", dedi u.
Katolik cherkovi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u "ma’lum bir umidsizlikni boshdan kechirmoqda".
"Hozir ba’zi davlatlar qurol bermay, orqaga qadam tashlamoqda, ammo ukrainaliklar bu jarayonda shahid bo‘lib qolmoqda", - dedi Fransisk.