Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rim papasi Ukrainada Rus pravoslav cherkovining faoliyati taqiqlanganini tanqid qildi

Rim papasi Ukrainada Rus pravoslav cherkovining faoliyati taqiqlanganini tanqid qildi

"Hech bir xristian cherkovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita bekor qilinmasligi kerak" , — dedi Rim papasi Fransisk Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida yakshanba kungi va’zi davomida.

Ukrainada yaqinda qabul qilingan qonun pontifikda ibodat qilish erkinligi borasida xavotir uyg‘otdi. U odamlarni" o‘zlariniki deb hisoblagan jamoatda" ibodat qilishlariga ruxsat berishga chaqirdi.

Bir kun avval prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainada Rus pravoslav cherkoviga aloqador diniy tashkilotlar faoliyatini taqiqlovchi qonunni imzolagan edi. Oliy Rada avvalroq qonun loyihasining asosiy maqsadi rus pravoslav cherkovi tomonidan tarqatilayotgan rus targ‘ibotiga qarshi samarali kurashish ekanligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 20:50 25.08.2024. O'qildi: 1088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!