Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rheinmetall Ukraina uchun yangi tanklar tayyorlamoqda

A A A
Rheinmetall Ukraina uchun yangi tanklar tayyorlamoqda

Harbiy texnika ishlab chiqaruvchi Rheinmetall konserni Ukraina uchun yangi tanklar tayyorlamoqda.

Rheinmetall konserni OIP Land Systems kompaniyasidan 50 ta eski Leopard 1 tanklarini oladi. Handelsbkatt nashrining yozishicha, bunday bitim Germaniya hukumati tomonidan tuzilgan.

Avvalroq OIP Land Systems bosh direktori Freddi Versluys The Guardian nashriga kompaniya Yevropa hukumatlaridan biriga 49 ta tank sotgani haqida ma’lum qilgandi: u maxfiylik shartlari tufayli bitim summasi va uni tuzgan davlat nomini oshkor qilmagan edi. Versluysning so‘zlariga ko‘ra, sotilgan tanklar frontga yetib borishi uchun 6 oygacha vaqt ketishi mumkin.

Rheinmetall konserni vakillarining ta’kidlashicha, mutaxassislarga eski tanklarni jangovar harakatlarga moslashtirish uchun haqiqatan ham vaqt kerak bo‘ladi. Leopard 1 Bundesver tomonidan 1965 yildan 2003 yilgacha ishlatilgan, shundan so‘ng ushbu tank o‘rnini Leopard 2 egalladi.

Hozirda sotib olingan tanklar Rheinmetall korxonalarida moderinizasiya qilinmoqda va qayta jihozlanmoqda. Shuningdek, ma’lum qilinishicha, ba’zi tanklar ayanchli holatda va faqat ehtiyot qismlar uchun donorlikka yaraydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, modernizasiya va qayta jihozlash ishlari yakunlanganidan so‘ng 50 ta tankdan 30 ga yaqini Ukrainaga yuborilishi kerak.

Kiritildi: 19:44 09.08.2023. O'qildi: 2140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!