2025 yilning birinchi yarmida Germaniya Ukrainaga bir qancha yirik miqdordagi qurol-yarog‘ paketlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Reuters Germaniya hukumatidagi manbalarga tayanib.
Ushbu paketlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- 22 ta Leopard 1 tanki;
- 25 ta Marder piyoda jangovar mashinasi;
- IRIS-T havo himoya tizimi;
- 16 gaubisa;
- 2 ta Patriot havo mudofaa tizimi;
- 7 ta Gepard o‘zi yurar havo hujumidan mudofaa qurilmasi.
Shuningdek, harbiy dronlar, vertolyotlar, o‘q-dorilar va boshqa qurol-yarog‘larning yetkazib berilishi rejalashtirilgan.