"Tramp ma’muriyati mamlakatni tark etish to‘g‘risida buyruq olgan, biroq shunga qaramay Qo‘shma Shtatlarda qolayotgan xorijiy davlat fuqarolarini jarimaga tortishni rejalashtirmoqda", deya xabar deya xabar bermoqda agentlik tegishli hujjatlarga asoslanib.
Jarima miqdori kuniga 998 dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, bu jarimalar retrospektiv bo‘ladi, ya’ni mamlakatni tark etish buyrug‘i berilganiga besh yil bo‘lganlarga nisbatan qo‘llanadi, bunday hollarda jarima miqdori 1 million dollargacha yetishi mumkin.
Jarimani undirish uchun turli usullarni qo‘llash, jumladan, Qo‘shma Shtatlarni tark etish buyrug‘i berilgan chet elliklarga tegishli ko‘chmas mulk musodara qilinishi ham rejalashtirilgan.
Reuters'ning yozishicha, bu kabi choralarni qo‘llashga 1996 yilda qabul qilingan tegishli qonun imkon beradi, Tramp ma’muriyati bu qonunga 2018 yilda, uning birinchi prezidentlik muddatida ham tayanib ish tutgan edi. Trampdan keyin AQSh prezidenti lavozimini egallagan Jo Bayden esa hukumat buyrug‘iga qaramay mamlakatni tark etmagan migrantlarga nisbatan jarima amaliyotini bekor qilgandi.