✅ Adliya vazirligi "Davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida resipiyent hamda tirik donorni transplantasiya amaliyotiga tayyorlash va ularning amaliyotdan keyingi reabilitasiyasi va kuzatuvda bo‘lish tartibi to‘g‘risida"gi nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi (https://t.me/huquqiyaxborot/18930) (ro‘yxat raqami: 3708, 21.11.2025 y.)
📋 Mazkur Nizomda davlat tibbiyot muassasalarida resipiyentlar va donorlarni transplantasiya amaliyotiga tayyorlash va ularning amaliyotdan keyingi reabilitasiyasi va kuzatuvda bo‘lish tartibi belgilandi.
➡️ Nizomga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 iyundagi 333-son qarorida (https://lex.uz/ru/docs/6997913)ko‘rsatilgan davlat tibbiyot muassasalari resipiyentlar va donorlarni transplantasiya amaliyotiga tayyorlashdan oldin, ularning sog‘lig‘i bo‘yicha maxsus tibbiy tayyorlov choralarini amalga oshiradi.
📹 Resipiyent va donordan transplantasiya amaliyotidan oldin rozilik olinadi hamda u videoyozuvga qayd etiladi.
🔎 Resipiyentlar va donorlar transplantasiyasi amaliyotidan so‘ng 21 kungacha reabilitasiyada bo‘ladi, reabilitasiyadan keyin esa ular hududiy tibbiyot muassasalarida dispanser nazoratiga olinadi.
💊 Resipiyentlar dispanser nazoratida bo‘lgan vaqtda shifokorlar tomonidan bepul immunosupressiv dori vositalari bilan ta’minlanadi.