Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rekord yangilandi! Yana 249 yurtdoshimiz koronavirusni yengdi

Rekord yangilandi! Yana 249 yurtdoshimiz koronavirusni yengdi

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 22 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 49 nafar, 3-son tug‘ruq kompleksida 2 nafar, 1-son Respublika klinik shifoxonasida 84 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 1 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar,  jami 172 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

❗️Ta’kidlash joizki, avval xabar berganimizdek, bugun Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida 77 nafar bemor sog‘aygandi. 

❗️Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun 249 nafar inson koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi rekord ko‘rsatkich joriy yilning 3 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, 217 nafar bemor tuzalgandi. 

❗️Shunday qilib, ayni vaqtda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 7060 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 22:48 08.07.2020. O'qildi: 3005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!