Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Reanimasiya bo‘limining kutish zalida ikki fuqaroni aldab ketgan shaxs 5 yilga qamaldi

Reanimasiya bo‘limining kutish zalida ikki fuqaroni aldab ketgan shaxs 5 yilga qamaldi

Toshkent shahrida 2018 yil 4 may kuni jinoyat sodir bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro SH.Bayzakov shu kuni soat taxminan 13:00larda, o‘zganing mulkini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan egallash maqsadida, Yashnobod tumanida joylashgan I.Ergashev nomidagi 4-sonli SHKShning reanimasiya bo‘limining kutish zalida, fuqaro M.Teshabayevaning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 8.000.000 so‘mlik “Samsung Note 8” rusumli telefon apparatini  foydalanish uchun olib, voqea joyidan yashiringan.

Shuningdek, SH.Bayzakov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2018 yil 14 iyun kuni soat 07:30larda, o‘zganing mulkini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan egallash maqsadida, Yashnobod tumanida joylashgan I.Ergashev nomidagi 4-sonli SHKShning reanimasiya bo‘limining kutish zalida, fuqaro D.Aliyevaning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 2.400.000 so‘mlik “Iphone s6” rusumli telefon apparatini D.Aliyevaning reanimasiyada yotgan o‘g‘liga berib qo‘yishini aytib olib, voqea joyidan yashiringan.

Sud tomonidan SH.Bayzakov O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga shu modda bilan, 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazo qattiq tartibli koloniyalarda o‘talishi belgilangan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 10:48 18.09.2018. O'qildi: 1064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!