Prezident Qasim-Jomart Toqayev Slovakiya Bosh vaziri Robert Fikoga suiqasd qilingani munosabati bilan ushbu terrorchilik harakatini keskin qoralashini va bunday harakatni mutlaqo oqlab bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Aqorda matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qozog‘iston va Slovakiyani uzoq yillik do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari bog‘lab turadi. Bu ezgu ishda Bosh vazir Robert Fikoning o‘rni katta ahamiyatga ega.
Davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev Robert Fikoga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.