Xabaringiz bor, Zinedin Zidan matbuot anjumani tashkil etib, kutilmaganda “Real”dan ketishini ma’lum qilgandi. Bu esa “Real” uchun yaxshigina tashvish bo‘ldi. Jamoaga yangi murabbiy tayinlash masalasi bir muammo bo‘lsa, Zidan tufayli “Real”ning muhim transferdan quruq qolishi ehtimoli paydo bo‘lgani ikkinchi tashvish bo‘ldi.
Gap shundaki, aynan Zidan tufayli “Real” muhim futbolchini qo‘ldan chiqarishi mumkin. Gap “Monako” a’zosi Toma Lemar haqida ketmoqda. “L’Equipe” nashrining yozishicha, “Real” Lemar transferi borasida kelishuvga erishib bo‘lgandi. Biroq Zidanning kutilmagan iste’fosi futbolchini ikkilantirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Lemarga ingliz klublari ham da’vogar. Uning transfer narxi 100 mln yevro atrofida.