Madridning «Real» klubi markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzodlar ro‘yxatini (short-list) shakllantirdi. Ushbu ro‘yxatdan olti nafar futbolchi joy oldi.
Eng asosiy nomzod — «Pari Sen-Jermen» a’zosi Vitinya. Undan keyingi o‘rinlarni ustuvorlik tartibida «Manchester Siti»dan Rodri va «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes egallab turibdi. Zahira variantlari sifatida esa Aleksis Makallister («Liverpul»), Adam Uorton («Kristal Pelas») va Kis Smit («Alkmar») ko‘rib chiqilmoqda.
Qayd etilishicha, «Real» Vitinya uchun katta miqdorda mablag‘ sarflashga tayyor. Biroq portugaliyalik futbolchini «PSJ»dan sotib olish o‘ta murakkab vazifa bo‘lishi kutilmoqda.