Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

“Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

“Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso “Real” bilan 2028 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis “Real”dagi faoliyatini 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida boshlaydi. Madridliklar Alonso jamoa safiga ertaroq kelishi borasida nemis klubi bilan muzokara olib borgan va kelishuvga erishgan.

Xabi Alonso 2022 yildan beri “Bayer” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Germaniya chempionligi hamda mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “qirollik klubi” yomon natijalar fonida italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti bilan shartnomani bekor qilish arafasida turibdi. “Real” joriy mavsum hech qanday sovrin qo‘lga kiritmadi: Jamoa Ispaniya Superkubogi finalida hamda mamlakat kubogida “Barselona”ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida “Arsenal”ga mag‘lub bo‘ldi. La Ligada esa birinchi o‘rindagi jamoadan 7 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 23:07 12.05.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!