Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real» va «Liverpul» o‘rtasida yulduzli almashuv bo‘lishi mumkin

«Real» va «Liverpul» o‘rtasida yulduzli almashuv bo‘lishi mumkin

Madridning «Real» va «Liverpul» klublari yarim himoyachilarni almashtirish borasida kelishuv imzolashlari mumkin, deb xabar bermoqda «Teamtalk».

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Mersisayd grandi «qirollik» klubiga argentinalik xavbek Aleksis Mak Allisterni taklif qilishga tayyor. Buning evaziga Angliya chempioni fransiyalik tayanch yarim himoyachisi Orelyen Tchuamenini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ta’kidlash joizki, argentinalik futbolchining bozor qiymati 85 million yevroni, Tchuamenining narxi esa 75 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 14:09. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!