Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

"Real" sardori "Barselona" yosh yulduzining o‘yinini maqtadi

"Real" sardori "Barselona" yosh yulduzining o‘yinini maqtadi

Madridning “Real” klubi o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal Yevro-2024 dastlabki o‘yinida terma jamoadoshi Lamin Yamalning o‘yinini e’tirof etdi.

Ispaniyaliklar Xorvatiya termasini ishonchli tarzda mag‘lub etishdi - 3:0. Karvaxal birinchi bo‘lim oxirida darvozani ishg‘ol qilib, tablodagi yakuniy hisobni o‘rnatdi, golli uzatma muallifi esa 16 yoshli Yamal bo‘ldi.

"Lamin juda yaxshi o‘ynadi va bir necha vaziyatlarda u duellarda Yoshko Gvardioldan ustun keldi. Ikkala qanot vingerimiz ham ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi”, dedi “Real” futbolchisi o‘yindan keyingi intervyusida.

Kiritildi: 12:58 16.06.2024. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!