Ispaniya La Ligasining 35-tur uchrashuvlari davom etadi.
Madridning "Real" klubi "Granada" mehmoni bo‘lib, 0:4 hisobida zafar quchdi. "Granada" futbolchilari chempionlarni koridor ochgancha kutib oldi. O‘yinda Brahim Dias dubl qilgan bo‘lsa, Arda Gyuler va Fran Garsiyalar bittadan gol urishdi.
Ushbu g‘alabadan keyin madridliklar ochkolari sonini 90 taga yetkazib oldi. "Granada" esa turnir bilan xayrlashgan.