Real klubi jamoaning to‘qqiz yillik yetakchisi Krishtianu Ronaldudan butunlay voz kechmoqda. Futbolchi Yuventus ga o‘tganidan keyin Madrid klubi rahbariyati shunday qarorga kelgan.
Jurnalistlar bir qator jihatlarga e’tibor qaratishdi. Klub saytida Ronalduning o‘rni juda kamaytirilgan. Jamoaning oxirgi yutuqlarida Krishtianu bor, ammo asosiy plandan tushirib qoldirilgan. Shu bilan birga, UYEFA ramziy terma jamoasiga kiritilgan futbolchilari haqida bildirilgan munosabatda klub Modrich, Varan, Ramos va Marseloni qora chiziqlarda ajratib ko‘rsatgan. 2018 yilda Real ning YECHLni qo‘lga kiritishiga munosib hissa qo‘shgan Ronalduga esa e’tibor ham berilmagan.
Bundan tashqari, kiyim almashtirish xonasida Real afsonalari qatorida Ronalduning o‘rnini boshqa futbolchilar egalladi.
Shuningdek, Ronaldu Yuventus ga o‘tgach, Real uni klubning Twitter , Facebook va Instagram dagi sahifalarini kuzatib borish huquqidan mahrum qildi.
Jurnalistlarning aytishicha, Ronaldu Real ning kanalidan foydalana olmasligi ham mumkin. Qizig‘i, Real ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Ronaldu ishtirok etgan golli holatlarni topish imkoni ham kamayib bormoqda, uning o‘rniga Krishtianu qatnashmagan golli holatlar va xavfli vaziyatlar joylashtirilmoqda. Fikrimizning isbotini quyidagi suratlarda ko‘rishingiz mumkin.