Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" qishda superyulduzini yo‘qotishi mumkin

"Real" qishda superyulduzini yo‘qotishi mumkin

Yulduz vinger Vinisius Junior yanvar transfer oynasida "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Insayder ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" bilan yangi mehnat shartnomasini kelisha olmayapti. Futbolchi Angliya premyer-ligasida ishlash imkoniyatiga ega, uning xizmatlariga Londonning "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Juniorni Saudiya Arabistoni chempionati klublari ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Braziliyalik futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Vinisiusning transfer narxi 150 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 19:02. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!