«Pari Sen-Jermen» Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigoga qiziqish bildirmoqda.«Pari Sen-Jermen» Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigoga qiziqish bildirmoqda. Braziliyalik futbolchini jamoada ko‘rishni shaxsan parijliklar ustozi Luis Enrike xohlamoqda.
Biroq, «Transfer News Live»ning «Defensa Central»ga tayanib xabar berishicha, «qaymoqranglilar» futbolchini sotish niyatida emaslar. Agar «PSJ» bitimga o‘z yarim himoyachisi Vitinyani qo‘shmasa, madridliklar hatto muzokaralarni ham boshlashmaydi. Bunday almashinuv — Liga 1 grandi uchun kelayotgan yozda Rodrigoni qo‘lga kiritishning yagona imkoniyatidir.
Vitinya «Real»ning anchadan beri kuzatuvida bo‘lgan transfer maqsadi hisoblanadi. «Transfermarkt» portalida portugaliyalik futbolchining narxi 110 mln yevro, Rodrigo esa shu sayt ekspertlari tomonidan 60 mln yevroga baholangan.