Bugun 7 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

«Real» prezidenti «Barselona» yulduzini nishonga oldi

«Real» prezidenti «Barselona» yulduzini nishonga oldi

«Real» prezidenti Florentino Peres «Barselona» futbolchisini sotib olish va 2000 yilda Luish Figuning madridliklar lageriga o‘tishi bilan bog‘liq shov-shuvli voqeani takrorlashni istamoqda.

Bu haqda payshanba kuni birinchi bo‘lib COPE va Kataloniyaning «Sport» nashri bilan hamkorlik qiladigan ispaniyalik jurnalist hamda strimer Siro Lopes o‘z YouTube-kanalida ma’lum qildi.

«Ular o‘rtasida ketayotgan hokimiyat uchun kurashda — aniqrog‘i, Florentinoning Laporta bilan emas, ko‘proq Laportaning Florentino bilan kurashida — bu imkoniyatni istisno qilib bo‘lmaydi. Ular futbolchini ko‘ndirishlari kerak, lekin aytishganidek, pul hamma narsani hal qiladi. Pedri borasida juda muhim omil bor: u «Barsa»da baxtli va u ushbu klubning haqiqiy muxlisi», — dedi Lopes.

Ushbu ma’lumotni «ElDesmarque» jurnalisti Roberto Gomes ham tasdiqladi.

«[Jurnalist] Xuan Gatodan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, «Madrid» 2027/28 yilgi mavsum uchun sotib olmoqchi bo‘lgan o‘yinchi — bu Pedri. Bu faqatgina Figu bilan sodir bo‘lgan voqeaga qiyoslash mumkin bo‘lgan sensasiya bo‘ladi. Bu yerda gap nafaqat tarkibni kuchaytirish, balki «Barselona»dan eng muhim o‘yinchini tortib olish haqida ketmoqda», — dedi Gomes.

Eslatib o‘tamiz, Pedrining «ko‘k-anorranglilar» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan, tovon puli esa 1 milliard yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 16:25. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!