«Real»ning 3 nafar muxlisi «Barselona» futbolchilarini irqiy kamsitgani uchun hibsga olindi. Ularning biri voyaga yetmagan.
La Liga 11-tur doirasidagi «Real» — «Barselona» bahsida (0:4) uchinchi goldan so‘ng ba’zi muxlislar Lamin Yamalni irqiy kamsita boshlashgan. Qayd etilishicha, haqoratlar Balde, Fati va Rafinyaga ham qaratilgan.
Tergovchilar yozuvlarni sinchiklab o‘rganib chiqdi va qichqiriqlarning manzili aniqlandi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinglarning hech biri «Real»ning muxlislar ro‘yxatidan o‘tmagan. Shuningdek, avval jinoiy javobgarlikka tortilmagan.