Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

"Real" moliyaviy muammo sababli Vinisius, Rodrigo va bir qancha futbolchilarni sotishga tayyor

"Real" moliyaviy muammo sababli Vinisius, Rodrigo va bir qancha futbolchilarni sotishga tayyor

"Real Madrid" moliyaviy muammolar tufayli o‘z futbolchilarini sotishga tayyor.

Relevo nashri xabariga ko‘ra, qiyinchiliklar tufayli bir necha futbolchi klubni tark etishi mumkin. Bu muammolar bir necha sabablarga ko‘ra paydo bo‘ldi.

Birinchidan, stadion yaqinida yashovchi aholining shikoyati tufayli endi "Santyago Bernabeu"da konsert o‘tkazishning imkoni yo‘q. Ikkinchidan, arenani rekonstruksiya qilish uchun juda ko‘p mablag‘ sarflangan.

Shuningdek, moliyaviy qiyinchiliklarning boshlanishiga sabab bo‘lgan sabablar orasida Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolangani ham bor. "Qaymoqranglilar" fransiyalik hujumchi uchun jiddiy pul sarflaydi.

E’tiborlisi, Kilian hozirda klubdagi daxlsiz yagona futbolchi. "Real" hatto Vinisius Juniorni sotishga ham tayyor.

Shuningdek, klubni tark etishi mumkin bo‘lganlar orasida Andrey Lunin, Aureliyen Tchuameni, Antonio Ryudiger, Federiko Valverde va Rodrigolar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe psixologik muammolar bilan kurashayotgani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 01:10 14.11.2024. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!