Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real Madrid" Vinisius Juniorni sotib yuborishga tayyor

"Real Madrid" Vinisius Juniorni sotib yuborishga tayyor

"Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior endi klubga kerak emas. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.

Manbaga ishonadigan bo‘lsak, Vinisius klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishonchsiz o‘ynagani uchun "Real"ning hafsalasi pir bo‘lgandi. Shu munosabat bilan "qaymoqranglilar" braziliyalik futbolchini joriy transferlar davridayoq qo‘yib yuborishga tayyor. Ularni 150 million yevrolik taklif qoniqtirishi aytilmoqda.

Bu mavsumda 25 yoshli Vinisius barcha musobaqalarda 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 18:35 12.07.2025. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!