Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

«Real Madrid» Kurtuaga jiddiy raqobatchi olib kelmoqchi

«Real Madrid» Kurtuaga jiddiy raqobatchi olib kelmoqchi

Darvozabon Janluidji Donnarumma "PSJ"ga kerak emasligi va tez orada jamoasini o‘zgartirishi ma’lum bo‘ldi. So‘nggi kunlarda matbuot 26 yoshli italiyalikni "Manchester Siti" bilan bog‘lamoqda. Ammo top darvozabon oldida boshqa variantlar ham bor.

Transfer News Live nashrining CaughtOffside’ga tayanib xabar berishicha, Donnarumma uchun kurashish imkoniyatini "Real" ko‘rib chiqmoqda. Madrid superklubidagilar Janluiji uzoq muddatli istiqbolda Tibo Kurtuaning o‘rnini egallashi mumkinligiga ishonishmoqda.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Janluidji Donnarummani 40 million yevroga baholamoqda. Avvalroq futbolchi "PSJ" bilan mehnat shartnomasini uzaytirish borasida kelisha olmagandi.

Kiritildi: 10:24 17.08.2025. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!