Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

"Real" La Liga ustidan sudga murojaat qildi

A A A
"Real" La Liga ustidan sudga murojaat qildi

Ispaniya La Ligasiga "Real"ning chempionat birinchi turidagi o‘yinini boshqa sanaga ko‘chirish talabi bilan bog‘liq bosim o‘tkazilmoqda. Madrid klubi va Ispaniya futbolchilar uyushmasi rasmiy shikoyat berdi. Ularning ta’kidlashicha, "Real" o‘yinchilari klublararo jahon chempionatidagi ishtiroki tufayli yetarli darajada dam ololmaydi. AS nashrining xabar berishicha, yakuniy qarorni sud qabul qiladi.

Ilgari La Liga "Real" - "Osasuna" o‘yinini ko‘chirishni rad etgan va bunga ta’tillarga oid barcha qonuniy talablarga rioya qilingani sabab qilib ko‘rsatilgandi.

"Real" va "Osasuna" 19 avgust kuni maydonga tushishi kerak. "Qaymoqranglilar" klublararo jahon chempionatidagi so‘nggi o‘yinini 9 iyul kuni o‘tkazgan edi. Avvalroq "Real" va Ispaniya futbolchilar uyushmasi jamoaga olti hafta - uch hafta ta’til va uch hafta mavsumoldi tayyorgarlik vaqti berilishi kerakligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 22:57 18.07.2025. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!