Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Real" kimni tanlaydi? Mbappe yoki Xoland

"Real" kimni tanlaydi? Mbappe yoki Xoland

Madridning “Real” klubi rahbariyati “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish g‘oyasidan voz kechib, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandni sotib olishga ustuvor ahamiyat berdi. Bu haqda BolaSport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi 2024 yilning yozida "qirollik" klubining asosiy transfer maqsadiga aylanadi.

Joriy mavsumda Xoland barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda qatnashib, 19 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Norvegiyalik futbolchining “Manchester Siti” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 16:24 10.12.2023. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!