Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" afsonasi Germaniyada davlat ordeni bilan taqdirlandi

"Real" afsonasi Germaniyada davlat ordeni bilan taqdirlandi

Juma kuni Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Toni Kroos "Xizmatlari uchun" davlat ordenini oldi. Bu voqea "Real" va "Bavariya"ning sobiq yulduzi tug‘ilib o‘sgan Grayfsvald shahrida sodir bo‘ldi.

Grayfsvald nomi Toni Kroos sharafiga hatto bir kunga o‘zgartirildi. Shaharga kiraverishda shaharning vaqtinchalik nomi - Krossvald yozilgan taxtachalarni ko‘rish mumkin.

Kroosga davlat ordenini topshirish marosimi To‘qsoninchi yillarda Toni futbolchilik faoliyatini boshlagan "Folksshtadion" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Toni Kroos 2024 yilning yozida 34 yoshida Yevropa chempionatidagi ishtirokidan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Kiritildi: 17:24 19.07.2025. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!