"PSJ"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Joau Nevesh "Real"ni qiziqtirib qoldi. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Madridliklar futbolchi uchun 150 million yevro berishga tayyor. Parijliklar portugaliyalikni qo‘yib yubormoqchi emas, ammo taklif qilinayotgan summani hisobga olgan holda muzokaralarga tayyor.
Avvalroq ushbu manba Nevesh uchun "Liverpul" 140 mln yevro, "Manchester Siti" 120 mln yevro berishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Transefrmarkt resursi futbolchining narxini 90 mln yevroga baholamoqda.