Argentinalik mutaxassis Xavyer Maskerano AQShning «Inter Mayami» klubi bosh murabbiyiga aylandi. Tomonlar 2027 yilning oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.
Maskerano shu paytga Argentina U-20 va olimpiya terma jamoalarini boshqarib kelgandi. U "Inter Mayami"ning sobiq murabbiyi Xerardo Martinoning o‘rnini egalladi.
Maskeranoning tayinlovi «Inter Mayami» uchun muhim qadam bo‘lib, u Lionel Messi, Serxio Buskets va Jordi Alba kabi sobiq jamoadoshlari bilan birgalikda ishlaydi.