Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rasman! O‘zbekistonda ertadan metan "zapravka"lar faoliyati tiklanadi

Rasman! O‘zbekistonda ertadan metan "zapravka"lar faoliyati tiklanadi

Xabar berganimizdek, sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgandi.

Bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning me’yorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash imkoni yaratilmoqda.

Shu sababli, joriy yil 2 fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKShlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

AGTKShlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.

Energetika vazirligiga ko‘ra, AGTKShlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

Kiritildi: 17:37 01.02.2023. O'qildi: 5900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!