Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Rasman: Murodjon Ahmadaliyevning Kevin Gonsalesga qarshi jangi sanasi va jang manzili aniq bo‘ldi

A A A
Rasman: Murodjon Ahmadaliyevning Kevin Gonsalesga qarshi jangi sanasi va jang manzili aniq bo‘ldi

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va meksikalik Kevin Gonsales o‘rtasida birinchi yarim yengil vazn toifasida eliminator jangi uchun buyruq berdi.

Jang 9-oktyabr (Toshkent vaqti bilan 10-oktyabr) kuni AQShning Texas shtati, Hyuston shahrida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, WBA har ikki bokschi jangdan tushadigan mablag‘ni 50 % dan olishini ma’lum qildi. Bu degani, har ikki bokschi ushbu jangdan kamida 80 000 dollar ishlab oladi.

Ma’lumot uchun, WBA yo‘nalishida sobiq chempion Murodjon Ahmadaliyev ayni damda ushbu tashkilot reytingida birinchi o‘rinda, Gonsales esa ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Murodjon faoliyati davomida 12 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan. O‘zbekistonlik bokschi aprel oyida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchrab, WBA va IBF kamarlarini boy bergandi.

Kevin Gonsales esa prof boksda 26 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda esa durang natija qayd etilgan.

Kiritildi: 16:14 29.09.2023. O'qildi: 2157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!