Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rasman! Bektemir Meliqo‘ziyev ringga chiqadigan oqshomning markaziy jangi e’lon qilindi

Rasman! Bektemir Meliqo‘ziyev ringga chiqadigan oqshomning markaziy jangi e’lon qilindi

11 avgust kuni AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Oqshomning markaziy jangi birinchi o‘rta vaznda vaqtinchalik WBC kamari sohibi Sergey Bogachuk hamda Virjil Ortis o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar Golden Boy Promotions hamda 360 Promotions kompaniyalari ushbu jang turnirning markaziy jangi maqomida bo‘lishini rasman e’lon qilishdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida ikkinchi o‘rta vazndagi bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Bogachuk o‘zining so‘nggi jangini shu yilning mart oyida Brayan Mendosaga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchgandm. Ortis esa aprel oyida Tomas Dyularmedan ustun kelgan edi.

Kiritildi: 09:57 09.07.2024. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!